"EMMM" DUK yangiliklari

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi

2022-yil 21-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Doniyor Rustamov boshchiligida Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi Hunarmadlar uyi binosida soha tashkilotlari mas’ullari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar, tadbirkorlik subyektlari, talaba-yoshlar ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati EMMX boshlig‘i A.Z.Mirzaaxmedov, muhandislar A.U.Karimov va D.B.Alimdjanovlar ishtirok etishdi.

Farg‘ona viloyati Elektromganit moslashuv xizmati boshlig‘i A.Z.Mirzaaxmedovga mobil aloqa sifati yuzasidan Oʻzbekiston tumani Oʻqchi MFY raisi F.Uzoqov va fuqaro Z.Xamidullayev, Namuna MFY raisi Z.O‘ktamov, Beshkapa MFY fuqarosi X.Abdullayev, va Darveshabod MFY fuqarosi A.Rizayevlarning yo‘llangan murojaatlarini joyiga chiqqan holda 10 kun muddatda o‘rganib chiqish va o‘tkazilgan o‘rganish ishlari jarayonida murojaatchilar bilan zarur tushuntirish ishlari olib borish hamda tegishli tartibda Vazirlikning hududiy boshqarmasiga ma’lumotlar taqdim etish topshirig‘i berildi.

Sayyor qabulda qayd etilgan murojaatlarga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari D.Rustamov hamda soha korxona va tashkilotlar, mobil aloqa operatorlari rahbarlari javob qaytarishdi. Shuningdek, boshqa ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ham javob berildi.

21-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Doniyor Rustamov tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 27-oktabr kuni Fargʻona viloyati EMMX boshligʻi A.Z.Mirzaaxmedov joyiga chiqqan holda Oʻzbekiston tumani hududida joylashgan MFY raislari va fuqarolari qilgan murojaatlari yuzasidan murojaatchilar bilan koʻrishgan xolda oʻrganish ishlarini olib bordi.

 


 

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX muhandisi D.Qoxxorov


 

Faylni tanlang