"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

2022-yil 23-iyun kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK rahbariyati tomonidan 2022-yil I-yarim yilligida viloyatlarda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul jadvaliga asosan Xorazm viloyatida videokonferensaloqa shaklida sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida soha faoliyatini tartibga solish va rivojlantirishga oid qonun va qonunosti hujjatlarning mazmun-mohiyatini fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazish, ular faoliyatidagi muammolarni aniqlash va vakolat doirasida hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha qabul qatnashchilariga tushuntirish berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning mohiyati, murojaatlar bilan ishlash, ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari sifatini oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida “EMMM” DUKning tashkil etilishi, asosiy vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi milliy radiomonitoring tizimi va uning qamrov hududi, sohaga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi va istiqboldagi taraqqiyoti haqida so‘z bordi.

Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan bugungi kungacha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida kelishib olindi.

Sayyor qabul davomida tadbir ishtirokchilarining “EMMM” DUK faoliyatiga oid fikr-mulohazalari tinglanib, yuzaga kelgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

 


 

Tayyorladi: Jamoatchilik va ommaviy axborot

vositalari bilan aloqalar mutaxassisi

L.A.Turgunova

 

Faylni tanlang