Soha yangiliklari

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarma, Yakkabog‘ tuman hokimligi rahbar va xodimlari, tuman faollari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi, kibersport o‘yinlari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang