"EMMM" DUK yangiliklari

Sogʻlom tanda sogʻlom aql

Davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yil 30-oktabr kuni “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni qabul qilingan. Mazkur normativ-huquqiy hujjatga asosan 2021-yildan boshlab davlat organlari rahbarlari va barcha xodimlari ish vaqtidan so‘ng haftada kamida bir marta jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi, rahbarlar shaxsiy namunalari orqali semizlik darajasini kamaytirish, vazn ko‘rsatkichlarini yaxshilash, salomatlikni mustahkamlash uchun qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi, davlat organlari jamoa shartnomalarida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari joriy qilinishi belgilangan.

Ushbu farmon bilan o‘z navbatida davlat xizmatchilari ham sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotga aylantirish zarur ekanligini yanada chuqurroq anglab yetdilar.

Har qanday faol, faoliyatni yaxshi ko‘radigan va sport bilan muntazam shug‘ullanib yuradigan insonlar o‘zining mustahkam irodasi, maqsad va vazifalarining aniqligi, faoliyatni tashkil etishi va aniq harakatlari bilan ajralib turadi. Bundan tashqari sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi insonlarning qat’iyati va jasorati sababli,, muhim vaziyatlarda qaror qabul qilish hamda uni amalga oshirish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaslik xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi.

 

Navoiy elektromagnit moslashuv xizmatida ham barcha xodimlarning faol jismoniy mashg‘ulotlarga hamda sportga bo‘lgan alohida e’tibori tufayli ishdan keyin tez-tez har xil sport turlari jumladan stol tennisi, yugurish va shaxmat kabi sport turlari bilan shug‘ullanishga odatlanganmiz. Yilda bir necha marotaba soha tashkilotlari o‘rtasida mini futbol (futzal) musobaqalari ham o‘tkazilishi biz xodimlar salomatligi va ahilligi uchun juda muhim vazifa hisoblanadi.

Xulosa sifatida aytadigan bo‘lsak, o‘tkazilayotgan bu kabi sport mashg‘ulotlari Navoiy EMMX xodimlari salomatligini mustahkamlash, ularning mehnat samaradorligini oshirish hamda rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida kamchiliklarsiz bajarilishida katta ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor ta’kidlash joiz.

 

Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX muhandisi S.E. Ermamatov

Faylni tanlang