2025-yil 14-yanvar kuni “EMMM” DUKda rahbariyat tabrigi o‘tkazildi. Unda, “EMMM” DUK boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.A.Kadirov hamda boshliq o‘rinbosari A.X.Xashimxodjayev ishtirok etdilar. Korxonaning barcha erkak xodimlarini Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklab, ularga ezgu tilaklar bildirdilar.
Biz barcha hamkasblarimizga jasorat, matonat va fidoyilik uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Mehnatingiz doimo qadrlanib, hayotingiz baxt va quvonchga to‘la bo‘lishini tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!