2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi. Bu ona tabiatimizga g‘amxo‘rlikni hozirdan boshlashimiz uchun zo‘r sabab aslida!
Ushbu ezgu tashabbusda har birimizning ishtirokimiz juda muhim. Shunday ekan, bizga qo‘shiling!
my.gov.uz portali ekologiyamizni asrash yo‘lida qulay va samarali xizmatlarni taklif etadi:
Karantin va o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha inspektorni chaqirish (https://my.gov.uz/uz/service/1178): Inspektor o‘simliklaringizni ko‘zdan kechirib, ularni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar beradi, zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish: Ushbu xizmat orqali mutaxassislar ekologik audit o‘tkazish huquqini tasdiqlashlari yoki uzaytirishlari mumkin.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma (yer osti suvlari uchun). Mazkur xizmat orqali artizan quduqlar qazish va suv chiqarish uchun ruxsatnomalar olinadi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma berish (tabiiy suv ob’yektlaridan). Ushbu xizmat orqali tabiiy suv ob’yektlaridan foydalangan holda ekin maydonlarini sug‘orish va boshqa maqsadlar uchun ruxsatnoma olinadi.
Sun’iy suv ob’yektlaridan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma olish. Bunda dambalar, sun’iy ko‘llardan foydalangan holda ekin maydonlarini sug‘orish va baliq yetishtirish uchun ruxsatnoma shakllantiriladi.
my.gov.uz orqali ekologik xizmatlardan foydalanish - sog‘lom va go‘zal tabiat sari qo‘yilgan muhim qadamdir.
Birgalikda dunyoni yanada yaxshi tomonga o‘zgartiraylik!