Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida o‘tgan davr mobaynida o‘ziga xos boy tajriba, ustoz-shogird maktabi yaratilgan. Xizmatning uzoq va yaqin tarixida faxriylar fidokorona mehnat qilishgan.
Shunday insonlardan biri, hozirgi kunda nafaqadagi mehnat faxriysi - Ergashev To‘xtapo‘lot Boboradjabovichdir.
74 yoshni qarshilagan otaxonning tavallud ayyomida Ibroxim Yusupovich Maxmudov va Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari Karmana tumanida istiqomat qilayotgan To‘xtapo‘lot Ergashev xonadonida bo‘lib, ustozning holidan xabar olib, hamsuhbat bo‘ldilar.
O‘zaro suhbatda, To‘xtapo‘lot Ergashev hozirda shiddat bilan rivojlanayotgan aloqa sohasini, erishilayotgan muvaffaqiyatlarni taqqoslab, xodimlarga sidqidildan, jonkuyarlik bilan ishlash kerakligini taʼkidlab, hozirgi kunimizga shukronalar aytib, o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirib, duo qildilar.
Shuningdek, xizmat faxriylariga ko‘rsatilayotgan doimiy eʼtibor, g‘amxo‘rlik uchun korxona rahbariyatiga va kasaba uyushmasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Tayyorladi: Navoiy EMMX muhandisi M.Toʻraqulov