"EMMM" DUK yangiliklari

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

Har qanday davlat va jamiyat uchun korrupsiyaga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biridir. Shu ma’noda, Ozbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning korrupsiyaga qarshi kurash dasturiga muvofiq, korrupsiya bilan bog‘liq masalalarni tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini o‘rganish reja qilingan.

 

Korxona xodimlarini Ozbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik bazasi, shuningdek korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik choralari bilan tanishtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida joriy yilning 26‑iyun kuni “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Oquv-seminarda Ozbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” ORQ-419-son Qonuni, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 829-son qarorlari haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ma’muriy javobgarlikning 61‑moddasi, 61-1-moddasi, 175-8-moddasi, 193-1-moddasi, 193-2-moddasi, qolaversa Jinoyat kodeksidagi korrupsiyaga oid moddalar tushuntirildi.

Faylni tanlang