"EMMM" DUK yangiliklari

Intellektual transport tizimini joriy etish.

Intellektual transport tizimi - bu yoʻl infratuzilmasiga kiritilgan axborot kommunikatsiya va boshqaruv texnologiyalaridan foydalangan holda transport tarmogʻini yanada samarali boshqarishga yordam beradigan tizimlar majmuasidir.

Intellektual transport tizimlari (ITT) ning asosi boʻlib, toʻplanishi, qayta ishlanishi, birlashtirilishi va tarqatilishi kerak boʻlgan maʻlumotlardir.

Intellektual transport tizimlari transport oqimini samarali kuzatib borish, harakatlanuvchi jismlarni ajratib koʻrsatish, transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtgan raqamlarini suratga olish va davlat raqamlaridagi harf-raqamli tasvirlarni tanib olish imkonini beruvchi sanoat kameralaridan foydalanadi.

ITTni amalga oshirishda aloqa infratuzilmasi muhim ahamiyatga ega, chunki u quyidagi shaklda ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi: - yoʻllarda oʻrnatilgan qurilmalarga buyruqlar berish, boshqaruv markazlari bilan oxirgi nuqta oʻrtasidagi uzatiladigan ma’lumotlar.

 

Yoʻl harakatini avtomatlashtirilgan tizim orqali boshqarish.

 

 

Yoʻl harakati tizimlarini boshqaruv markaziga ulash uchun ikki turdagi aloqa shakli qoʻllaniladi:

- Optik tolali aloqa kanallari orqali simli aloqa;

- Wi-Fi va GSM internet tarmoqlari orqali ma’lumotlarni simsiz uzatish.

Avtomatlashtirilgan yoʻl harakatini boshqarish tizimi markaziy boshqaruv punktining dasturiy-texnik majmuasi simli aloqa liniyalari orqali tizimga 640 tagacha va simsiz 200 tagacha yoʻl kameralarini ulash imkonini beradi.

Avtomatlashtirilgan kameralarda yoʻl harakatini boshqarish tizimining quyidagi nazorat funktsiyalari amalga oshiriladi:

- qoʻlda boshqarish;

- jadval asosida boshqarish;

- koʻcha kameralaridan olingan ma’lumotlarga asosan boshqarish;

- yashil koʻcha (maxsus avtotransportlarni oʻtkazish rejimi);

- chaqiruv tugmalari orqali boshqarish.

Yoʻl harakatini boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi va quyi tizimlarining oʻzaro ta’siri

 

Hozirgi kunda Yevropa davlatlarida intellektual transport tizimlarining ishlashi uchun
Wi-Fi texnologiyasidan foydalangan holda 5855-5925 MGs chastota diapazoni qoʻllaniladi.

Ushbu spektrga qoʻshimcha ravishda 5,9 GGsli diapazonda avtotransport vositalarini xavfsizligi va aloqalari uchun intellektual transport tizimlarining turli xil ilovalari uchun qoʻshimcha spektr oʻrganilmoqda.

Avtomatlashtirilgan yoʻl harakatini boshqarish tizimini intellektual transport tizimiga joriy etish, shaharda avtomobil sonini oʻsishiga qaramasdan, yoʻl harakatidagi avariyaviy, iqtisodiy va ekologik, shuningdek, ijtimoiy yoʻqotishlarni mavjud koʻrsatkichlardan kamida 15% ga kamaytirish imkonini beradi.

 

TvaYAB 1-toifali muhandisi

Raximgaziyev F.F.

Faylni tanlang