"EMMM" DUK yangiliklari

Ta’limga e‘tibor — farovon kelajak garovidir

Niholning ertaga qanday meva berishi uning qayerga ekilgani va qanday parvarish qilinganiga bog‘liqdir. Shunday ekan davlat kelajagi ham yoshlarga berilayotgan ta’lim va tarbiyaga uzviy bog‘liqdir.

Bu borada O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi soha korxonalari ham sohaga yangi kirib kelayotgan kadrlarga va professor o‘qituvchilarga amaliy ko‘nikmalarni shakllanib borishlarida korxona rahbari va sohada o‘z bilimi va ko‘nikmasiga ega malakali xodimlar ishtirokida nazariy hamda amaliy o‘quv darslari tashkil etib borilmoqda.

Jumladan: Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining Samarqand filialida Samarqand viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan Radiochastota spektrida radiomonitoring ishlarini amalga oshirishda qo‘llaniladigan o‘lchov vositalari imkoniyatlari va o‘lchov ishlarini amalga oshirish bo‘yicha nazariy hamda amaliy darslar tashkil etildi.


 

Darslarga zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda, malakali mutaxasislar ishtirokida va tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda. Darsda talabalar o‘zlariga qiziq bo‘lgan savollarni berishdi va tegishli javoblarni olishdi.

Universitet talabalari ishtirokidagi bunday o‘quv jarayonlarida beriladigan zamonaviy bilimlar davlatimiz va sohamiz rivojida o‘z mevasini bermasdan qolmaydi.

Samarqand viloyati EMMX

Faylni tanlang