Soha yangiliklari

O‘qishga qabul qilingan talabalar diqqatiga!

my.gov.uz portalida “OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmati ishga tushirildi!

2023-2024-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hoziroq my.gov.uz portali orqali oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalariga joylashish uchun onlayn ariza yuborishlari mumkin.

Arizani ko‘rib chiqishda turli imtiyozlar va ustuvorliklar hisobga olinadi. Ushbu ro‘yxat bilan ariza to‘ldirish jarayonida tanishasiz.

Shuningdek, imtiyozga ega bo‘lmagan talabalarga maxsus navbat raqami beriladi. Yotoqxonada bo‘sh o‘rinlar bo‘lsa, mazkur raqam asosida turar joy uchun yo‘llanma taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz!
Joriy o‘quv yilida ushbu xizmatdan faqat 1-bosqich talabalari, keyingi o‘quv yilidan esa barcha talabalar foydalanishlari mumkin.

Faylni tanlang