Soha yangiliklari

Toshkent shahridagi Vebster universiteti rahbariyati bilan axborot texnologiyalari sohasida ta’lim yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 13-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov  Vebster universitetining Xalqaro kompuslar bosh direktori Rayan Gaffi bilan uchrashuv o‘tkazdi.  Uchrashuv davomida Toshkent shahridagi Vebster universitetida yaqin istiqbolda axborot texnologiyalariga oid bir qator ta’lim yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingani aytib o‘tildi. Shuningdek, bu borada AKT vazirligi bilan bevosita hamkorlik qilish, o‘zaro sheriklikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.  Shu bilan birga, uchrashuvda ta’lim yo‘nalishlarida axborot texnologiyalari o‘rnini yanada mustahkamlash hamda talabalarga amaliyot o‘tash imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Faylni tanlang