Raqamli texnologiyalar vazirligi va UNESCO hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan “Iqtidorli talaba qizlarning Data Science va Sun’iy intellekt (AI) sohasidagi bilimlarini oshirish” loyihasi doirasida grant asosida ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiriting.
Ushbu tashabbus moliyaviy jihatdan imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikka erishish va IT sohasida xotin-qizlar ishtirokini oshirishga qaratilgan.
Sizning ishtirokingiz loyihaning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun juda muhim!