
IT Park Uzbekistan rezident kompaniyalarni 21–23-sentabr kunlari Janubiy Afrika Respublikasida o‘tkaziladigan biznes tashrifida ishtirok etishga taklif qiladi.
Tashrif davomida BPO yo‘nalishida faoliyat yurituvchi kompaniyalar mahalliy biznes vakillari, potensial mijozlar va hamkorlar bilan biznes-forum hamda B2B uchrashuvlar doirasida muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mazkur tashrif rezident kompaniyalarga:
— yangi mijoz va hamkorlarni topish;
— o‘z xizmatlarini Janubiy Afrika bozorida taqdim etish;
— B2B muzokaralarda ishtirok etish;
— Afrika bozoriga chiqish va biznesni kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganish imkonini beradi.
Tashrif sanasi: 21–23-sentabr 2026-yil
Manzil: Janubiy Afrika Respublikasi
Delegatsiya tarkibida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish: https://luma.com/7q8r22g9
Qo‘shimcha ma’lumot: +998 90 995 00 93