Soha yangiliklari

Ilk bora O'zbekistonda o'tkazilayotgan “VEON” direktorlar kuzatuv kengashining yig‘ilishi doirasida AKT vaziri bilan uchrashuv o‘tkazildi

“Veon” telekommunikatsiya xoldingi rahbariyati Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashdi. Uchrashuvda mamlakatimiz IT eksportini oshirish va IT ta'limni rivojlantirishga VEON guruhi e'tiborini kuchaytirish muhimligi ta'kidlandi. Uchrashuv O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan “Veon” direktorlar kuzatuv kengashining yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Vazir bilan uchrashuvda direktorlar kengashi raisi Gunnar Xolt, bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu, xolding bosh maslahatchisi Boris Tadich va Beeline Uzbekistan bosh direktori Anjey Malinovski ishtirok etdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish bozorini yanada rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, axborot texnologiyalari va eng yangi mobil texnologiyalarni joriy etish masalalari hamda kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikrlar almashildi. O‘z navbatida, “Veon” kompaniyasi vakillari xorijiy yirik kompaniyalar ham O‘zbekistonda o‘z vakolatxonalarini ochishga qiziqish bildirayotgani ta'kidladi. Shu bilan birga, uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida keng qamrovli hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
Faylni tanlang