"EMMM" DUK yangiliklari

2023 yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasiga tayyorgarlik yig‘ilishining ikkinchi sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi aloqa ma’muriyatlari vakillarining uchrashuvi

2023-yilning 27-mart kuni Jeneva shahrida (Shveytsariya) Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) 2023-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiya(BRK)siga tayyorgarlik yig‘ilishi(KTY23-2)ning ikkinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.

Yig‘ilishda XEIga a’zo davlatlardan 2000 ga yaqin radiochastota spektrini tartibga solish sohasidagi mutaxassislar ishtirok etishmoqda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa boshqarmasi tarkibidagi “EMMM” DUK xodimlari.

 

 Mazkur yig‘ilish doirasida 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi mutaxassislarining yer usti xizmatlarining radiochastota taqsimotini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar, shuningdek, yer usti xizmatlarining radiochastota taqsimotlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqishda mutaxassislar tomonidan xalqaro hujjatlardan tashqari sohaning qaysi me’yoriy hujjatlariga ham amal qilishlari muhokama qilindi.

KTY23-2 ishida ishtirok etayotgan respublika mutaxassislari mamlakatimizda yangi radioaloqa texnologiyalarini joriy etish imkoniyati uchun milliy radiochastota resursini himoya qilish choralarini ko‘rmoqda.


 


 

Faylni tanlang