Soha yangiliklari

Wargaming kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

14 mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Belarus Respublikasining Wargaming kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
 
 
Uchrashuvda mehmonlar Wargaming kompaniyasining kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqarish va ularni jahon miqyosida ommalashtirish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalari xususida so‘zlab berdilar. Tomonlar yoshlarda vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishga xizmat qiladigan kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. 
 
Wargaming – kompyuter o‘yinlarini yaratish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri. 18 yillik faoliyati davomida kompaniya 15 dan ziyod turli platformalarga mo‘ljallangan o‘yinlarni ishlab chiqqan. Ular orasida World of Tanks, World of Warplanes va World of Warships kompyuter o‘yinlari eng ommalashganlaridir.
Muallif: Axborot xizmati
Faylni tanlang