Soha yangiliklari

YEXHT DIIHB missiyasi bilan uchrashuv

2019-yil 10-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O.Umarov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (DIIHB) Ehtiyojlarni baholash Missiyasining Saylovlar boʻyicha Departamenti boshligʻi A.Shli​k bilan uchrashdi.

Boʻlib oʻtgan muloqot davomida YEXHT DIIHB delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi saylov tizimiga axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish jarayonlari toʻgʻrisida batafsil xabardor etildi.

Muloqot yakunida tomonlar ushbu yoʻnalishda konstruktiv hamkorlik qilish boʻyicha kelishib oldilar.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang