Soha yangiliklari

KOICA delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

28 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Koreya delegatsiyasi agentlikning yurtimizdagi bo‘linmasi rahbari Im Jong Xi boshchiligida tashrif buyurdi.
 
 
KOICA delegatsiyasi yurtimizga Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali innovatsiyalashgan ta’limiy muhitni rivojlantirishga oid loyiha bo‘yicha birlamchi tadqiqotlarni olib borish uchun tashrif buyurgan. 
 
Uchrashuvda axborot texnologiyalari sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik, jumladan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida masofaviy ta’lim va elektron kutubxona tizimlarini tatbiq qilish istiqbollari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, TATU hamda KOICA o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi O‘zbekistonda xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlashdagi navbatdagi muhim qadam bo‘ladi. 
 
Tomonlar ta’limda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha TATU va KOICA o‘rtasidagi loyihaning dastlabki harakatlanish rejasini tezkorlik bilan ishlab chiqilishini kelishib oldilar. 
 
Muallif: Axborot xizmati
Faylni tanlang