Soha yangiliklari

Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

22 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish masalasida, hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar holati va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi. Tomonlar, AKT sohasida ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligini alohida ta’kidladilar.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang