Soha yangiliklari

Belarus Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv

2018-yilning 13-sentabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov “ADANI” Belarus ilmiy-ishlab chiqarish unitar korxonasi Bosh direktori, professor Vladimir Linev bilan uchrashdi. 
 
B.Linev O'zbekistonga Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenkoning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida Belarus Respublikasi ishbilarmon doiralari delegatsiyasi tarkibida  keldi. 
 
Uchrashuvda tomonlar iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yangi texnologiyalar va uskunalarni tatbiq etish borasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishdagi eng so'nggi tendentsiyalar haqida fikr almashildi. 
 
“ADANI” amaliy yadro fizikasi sohasida ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan texnika fanlari doktori, professor Vladimir Linev tomonidan 1991-yilda tashkil etilgan.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang