"EMMM" DUK yangiliklari

Sohamiz mehnat faxriylari bilan uchrashuv

Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.


 

Keksalarga hurmat ko‘rsatish, ularga har tomonlama ko‘mak berish, ularning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan ishlar doirasida joriy yilning fevral oyida Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan uzoq yillar sohada ishlab nafaqaga chiqqan keksa faxriylar xonadonlariga tashrif buyurilib, ular bilan dildan suhbatlashildi. Xususan, mazkur tashriflar bilan nuroniylarning holidan xabar olish, ularni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish va e’zozlash korxonamiz xodimlarining asosiy maqsadi etib belgilandi.

 Kasbimiz faxriylari bilan muloqot chog‘ida korxonamizning o‘ttiz besh yillik tarixi, rivojlanish bosqichlari, o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan tubdan takomillashtirish, soha xodimlari va faxriylarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda,  tizimni xalq manfaatlariga xizmat qiladigan professional kadrlar bilan ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z bordi.

Mazkur tashriflar doirasida o‘zining ko‘p yillik hayotini sohaga bag‘ishlagan, bilim va tajribasi bilan ko‘plab yoshlarni tarbiyalagan, kamtarin va mehnatkash faxriylar bilan o‘tkazilgan suhbatlar yoshlar uchun ibrat maktabi vazifasini o‘tadi.


 

Tayyorlandi: Navoiy EMMX radiooperatori A.Y.Odilov

Faylni tanlang