Soha yangiliklari

«Telia» kompaniyasi bosh maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 23 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «Telia» kompaniyasi bosh maslahatchisi, o‘zbek-shved biznes-forumi munosabati bilan yurtimizda bo‘lib turgan K.Lindstr bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda kompaniyaning mamlakatimiz mobil xizmatlari bozoridagi o‘rni, istiqbolda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini joriy etish rejalari muhokama qilindi. Xususan, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" davlat dasturida belgilab berilgan muayyan loyihalarni «Coscom» MChJ bilan hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Faylni tanlang