"EMMM" DUK yangiliklari

Talaba-yoshlar bilan suhbat

2022-yilning 13-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari 3-4-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.


 

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. EMMX rahbari Mirzaaxmedov A.Z. “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning tuzilmasi, funksiyalari, vazifalari va faoliyati hamda Farg‘ona viloyati EMMXning vazifalari va ish jarayoni haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Muhandislar Sadixanov Sh.I., Alimdjanov D.B. va Karimov A.U. o‘z ishining xususiyatlari va foydalanilayotgan o‘lchov vositalarining imkoniyatlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Farg‘ona viloyati EMMX xodimlari tomonidan talabalarning qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar berildi. Bunday uchrashuvlar talaba yoshlarga kelajakda sohaga sidqidildan xizmat qiluvchi mutaxassis bo‘lib yetishishda turtki bo‘ladi deb hisoblaymiz.

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX muhandisi Mirzamaxmudov N.M.

Faylni tanlang