Soha yangiliklari

Yoshlarning g‘oya va ixtirolarini to‘laqonli biznes loyihalarga aylantirish bo‘yicha takliflar berildi

Bugun, 16-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov xizmat safari doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga bordi. Hozirgi kunda mazkur universitetda 2 ta fakultet tashkil etilib, 6 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisliklarida 1 892 nafar talaba tahsil olmoqda. Filialdagi mavjud 73 nafar professor-o‘qituvchilardan 1 nafari fan doktori, 27 nafari fan nomzodi bo‘lib, ilmiy salohiyat 39 foizni tashkil etadi. Bugungi kunga qadar TATU Urganch filiali 12 ta davlatning 12 ta universiteti, 20 ta kompaniya va muassasalari hamda 5 ta ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Yoshlarning AKT sohasidagi salohiyatini oshirish, ularning startap g‘oyalarni amalga oshirish maqsadida TATU Urganch filiali qoshida Inkubatsiya markazi tashkil etildi. AKT vaziri Sh. Shermatov yoshlar tomonidan yaratilgan ixtirolar bilan tanishib, ularni bozor talabidan kelib chiqib optimallashtirish va to‘laqonli biznes loyihalarga aylantirish bo‘yicha takliflar berdi.
Faylni tanlang