Joriy yilning 28-avgust kuni “ZOOM” ilovasi orqali “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlarining jismoniy va yuridik shaxslari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Mazkur sayyor qabulga “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK boshlig‘ining o‘rinbosari A.X. Xashimxodjayev rahbarlik qildi.
Tadbirda mazkur hududlardagi Elektromagnit moslashuv xizmatlari rahbar va xodimlari, shuningdek, hududiy jismoniy va yuridik shaxslar faol ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida ishtirokchilarning murojaatlari, taklif va savollari atroflicha ko‘rib chiqildi. Mavjud masalalar bo‘yicha tegishli huquqiy va texnik tushuntirishlar berildi hamda ayrim murojaatlar joyida hal etildi.
Bunday ochiq muloqotlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari faoliyatini yanada oshirish, hududlarda yuzaga kelayotgan muammolarga tezkor yechim topish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.