Soha yangiliklari

IT-markazlar bitiruvchilariga kredit beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Davlat rahbari ta’kidlaganidek, bugungi kunda respublika bo‘yicha 120 ta IT-markazini 4 mingga yaqin «Yoshlar daftari»ga kirganlar tamomlagan. Bunday yoshlarni kelgusida biznes boshlashi uchun kompyuter bilan ta’minlash tizimi ishlab chiqiladi.

Buning uchun, «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridi uchun ATB “Mikrokreditbank”, AT “Aloqabank” va AT “Xalq banki” kreditlar ajratadi, ularning  foiz xarajatlari to‘liq budjetdan qoplab beriladi.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang