"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni minimallashtirish

Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlariga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

 

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarning samaradorligi reytingini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, joriy yilning 26-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari o‘rtasida “Korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni minimallashtirish” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi profilaktika inspektori, kapitan A.A.Duysenbayev ma’ruza qildi. Seminarda xodimlarga korrupsiyaning asl mohiyati va uning illatlari haqida asosiy tushunchalar berildi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish choralarining amalga oshirish shakllari, baholash darajalari to‘g‘risida aytib o‘tdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish lozimligi tushintirildi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash – davlat boshqaruv organlari, tashkilot va muassasalar hamda xo‘jalik boshqaruv organlarning funksiya va vakolatlarini tahlil qilish, ularga xos korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasini aniqlash, shuningdek, xodimlar zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga daxl etuvchi subyektiv talablar va cheklovlar hamda manfaatlar to‘qnashuvi ta’sirini uslubiyot asosida baholashdir.

O‘quv-seminarda Aziz Allayarovich o‘z xizmat faoliyati davomida guvohi bo‘lgan korrupsiyaviy holatlar, uning ayanchli yakunlari to‘g‘risida aytib o‘tdi. Xizmat xodimlari seminar davomida qiziqtirgan savollariga batafsil ma’lumotlar oldi.

 

QR EMMX 1-darajali radiooperatori A.Shimbergenov

Faylni tanlang