"EMMM" DUK yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi hududiga ruxsatnomasiz olib kirilayotgan radioelektron vositalar aniqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mitasining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbirlar muntazam ravishda olib borilmoqda. Joriy yilning 21-yanvar kuni “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti orqali O‘zbekiston Respublikasi hududiga ruxsatnomalarsiz olib kirilayotgan radioelektron vositalar bojxona xizmati inspektorlari tomonidan aniqlangan. Ushbu aniqlangan radioelektron vositalarga texnik ekspertiza xulosasini olish maqsadida radioelektron vositalar Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga olib kelindi. Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari tomonidan “BAOFENG” rusumli 1(bir) dona radiostansiya texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosasi Buxoro viloyati bojxona boshqarmasiga taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan ayrim turdagi radioelektron vositalar uchun “Elektromagnit moslashuv markazi” Davlat unitar korxonasining tegishli ruxsatnomalarini rasmiylashtirish talab etiladi. Aks holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalarni tegishli ruxsatnomalarisiz olib kirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R. Odilov

 

Faylni tanlang