O‘tgan yilning boshida Qualcomm kompaniyasi Wi-Fi-ning 7-avlodini e’lon qildi. Shu yilning sentabr oyida Intel Broadcom bilan birgalikda yangi tarmoqning ishlashini namoyish etdi, 2023-yil noyabr oyida esa Xitoyning TP-Link kompaniyasi yangi standartni qo‘llab-quvvatlaydigan routerlarni taqdim etdi. Oldingi Wi-Fi6 va Wi-Fi6E avlodlari yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da,Wi-Fi7 jiddiy texnik afzalliklarga ega.

Wi-Fi7‑bu IEEE 802.11be deb nomlanuvchi yangi Wi-Fi standarti bo‘lib, u uchta diapazondan (2,4 GGs, 5 GGs va 6 GGs) foydalanadi. Agar Wi‑Fi6 asosan mobil qurilmalar sonining ko‘payishiga javoban yaratilgan bo‘lsa, unda Wi-Fi7 yuqori tezligi bilan ajablantirmoqchi. Shunday qilib, Wi-Fi7 doimiy buferlash, kechikish va tarmoq yuklamasi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan barcha foydalanuvchilar uchun eng yaxshi yechimdir.

Wi-Fi6-ning maqsadi tezlikni emas, balki samaradorlikni oshirish, ya’ni mijoz qurilmalarining yuqori zichligi sharoitida barqaror ishlashni oshirish edi. Wi-Fi7 tezlikga urg‘u beradi, shuning uchun uning eng yuqori tezligi oldingi avlodga qaraganda 480% tezroq.

Wi-Fi7 standarti 6 GGs diapazonining to‘liq imkoniyatlarini ochib beradi va Wi-Fi6 kanallaridan ikki baravar kengroq bo‘lgan 320 MGs kenglikdagi kanallar orqali yuqori tezlikni ta’minlaydi.

Hozirda Wi-Fi qurilmalari stantsiya va kirish nuqtasi o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish uchun bitta kanaldan foydalanadi. Ko‘p kanalli Wi‑Fi7 ulanishi stansiya va kirish nuqtasi o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish uchun bir nechta kanallardan foydalanishga imkon beradi, bu esa trafikni muvozanatlash va yanada maqbul yo‘nalishlarni yaratishga yordam beradi.

TYAB 1-toifali muhandisi Feyzullayev A.A.