Soha yangiliklari

Xalqaro informatika olimpiadasida qatnashuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

Joriy yilning 7-16-aprel kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu o‘quv mashg‘ulotlariga xorijiy ekspert  – Bartosz Kostka, shuningdek, 3 nafar mahalliy trenerlar jalb etildi. Bartosz Kostka xalqaro informatika olimpiadasi oltin medali sohibi bo‘lgan, shuningdek 2016-2020-yillarda Polsha terma jamoasi murabbiyi bo‘lib, o‘quvchilari 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza qo‘lga kiritishgan. O‘quv mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar xalqaro olimpiada topshiriqlarini baholash mezonlari, yechish usullari, bajarish texnikalari hamda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash metodikalarini o‘rganishdi.  Mashg‘ulotlar yakunida o‘quvchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Faylni tanlang