Soha yangiliklari

Xalqaro investitsiya forumi doirasida Amerika biznes vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkentda boʻlib oʻtgan xalqaro investitsiya forumi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Amerika-O'zbekiston Savdo Palatasi (AUCC) Ijrochi direktori Elena V. Son va Amerika biznesi vakillari “Silver Leaf”, “John Deere”, “Cadillac”, “HP” “Silver Leaf”, “John Deere”, “Cadillac”, “HP”, "White&Case" kabi kompaniyalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv O‘zbekistonda IT-industriyasini rivojlantirishga ko‘maklashish va bu sohaga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida tashkil etildi. Dastlab uchrashuvda vazir Sh. Shermatov Amerika biznesi vakillariga O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Amerika biznesi vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish va IT sohasida tajriba almashishga qiziqish bildirib, O’zbekistonda AQSH yetakchi kompaniyalarining vakolatxonalarini ochish istagini bildirdi. Bunga javoban vazir Sh. Shermatov, xorijiy kompaniyalar O’zbekistonda faoliyat yuritishi uchun bir qator imtiyozlar va qulay sharoitlar, hamda BPO yo‘nalishida hamkorlik uchun talabga javob beradigan kadrlar mavjudligini ta’kidlab o‘tdi.  Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonda IT-mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi. Amerika biznesi vakillari tomonidan O‘zbekistonda IT-ta’lim yo’nalishida hamkorlik o‘rnatish bilan birgalikda yoshlar uchun bo’sh ish o‘rinlar yaratish to‘g‘risida fikr bildirildi.
Faylni tanlang