Soha yangiliklari

Xalqaro iqtisodiy forum doirasida Yevropa bizneslari assotsiatsiyasi vakillari bilan muzokalar o‘tkazildi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yevropa bizneslari assotsiatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.  Uchrashuv davomida O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasini yangi bosqichga olib chiqish, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.  Shuningdek, sog‘liqni saqlash, qurilish sohalarida ham raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha fikrlar almashildi.  Shu bilan birga, O‘zbekistonda IT-mutaxassislarini, shu jumladan, boshqa mamlakatlardan kelganlarni ishga joylashtirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha yevropalik hamkorlar bilan kelishib olindi. O‘z navbatida, BPO va KPO xizmatlari sohasini rivojlantirish, yoshlarga yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Faylni tanlang