Soha yangiliklari

Xalqaro olimpiada sovrindorlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan Ochiq matematika olimpiadasida matematika va informatika yo‘nalishida ishtirok etgan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari Asadbek Sindarov 2-o‘rinni, Ixtiyor Teshaboyev, Javoxir Isroilov hamda Muzaffar Saxidinov 3-o‘rinni egallashdi.

slider

Shu munosabat bilan bugun, 27-may kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ushbu Ochiq matematika olimpiadasida ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy egallagan talabalar bilan uchrashdi. 

Vazir ushbu xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan hamda sovrindorlar qatoridan joy olgan talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazib, ularni tabrikladi va kelgusidagi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston ta’lim vazirligi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida 2023-yilning 23-28-aprel kunlari tashkil etilgan Ochiq matematika olimpiadasi (OMOUS-2023)da respublikamizdan jami 41 nafar talaba ishtirok etdi. 

Mazkur xalqaro olimpiadada 15 dan ortiq davlatning (Rossiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Meksika, Germaniya, Vengriya, O‘zbekiston va Ozarbayjon va boshqalar) oliy ta’lim muassasalaridan talabalar qatnashdi.

Uchrashuv yakunida axborot texnologiyalari sohasidagi bu kabi xalqaro tanlovlar va boshqa olimpiadalar ro‘yxatini shakllantirib, ularga tayyorgarlik ko‘rish va g‘oliblar hamda ustozlarini rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Faylni tanlang