Joriy yilning 14-21 yanvar kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Xaridlar bo‘yicha komissiya tarkibidagi 10 nafar xodimlar “Xaridlarni boshqarish” mavzusidagi kursni o‘qib malaka oshirdilar.
Bunda, Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish markazi - O‘zbekiston (MTSFER-U) “ACTION” MChJ mutaxassisi Saidnazirxanova Dilnoza Saidakbarovna boshchiligida bir necha kunlik o‘quv seminarlari o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv kursda xodimlar davlat xaridlarida shartnomalarni tayyorlash, tuzish va bajarish tartibi haqida bilim va malakalarini oshirib sertifikatga ega bo‘ldilar.