"EMMM" DUK yangiliklari

Xodimlarning Zomin qo‘riqxonasiga turistik sayohati

2023-yilning 15-16-iyul kunlari “EMMM” davlat unitar korxonasi markaziy apparati xodimlari Jizzax viloyatidagi Zomin qo‘riqxonasi hududida joylashgan, ekologik toza hudud bo‘lgan “Zomin” turistik zonasiga tashrif buyurishdi. 

Korxona xodimlari Zomin milliy qo‘riqxonasi hududida dengiz sathidan 1900 metr balandlikda joylashgan “Everest” mehmonxonasiga joylashtirildi.

Birinchi kun - Sirdaryo, Zomin shahri, Zomin suv omboriga ekskursiya qilindi. Zomin suv omborining kuzatuv maydoni dengiz sathidan deyarli 1000 metr balandlikda joylashgan.

Mehmonxonaga joylashgandan so‘ng jamoa a’zolari  Zomin tog‘lari, shuningdek, ming yillik Archa va Sherbuloq tog‘ tabiiy bulog‘ini ko‘zdan kechirish bilan “Suffa platosi”ga avto-ekskursiyani davom ettirdilar.

Ikkinchi kuni xodimlar sayohatga chiqishdi, sayrdan tashqari, qozonda non pishirish va tandirda go‘sht pishirish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

 

Tayyorladi: TYAB I-toifali muhandisi Feyzullayev A.A.

Faylni tanlang