EMMM yangiliklari

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasida o‘quv seminari o‘tkazildi

2026-yil 30-mart kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari U. Xamrayev va H. Matyusupovlar tomonidan Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining “Urganch aeroport” chegara bojxona posti xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2026-03-3116-18-48.jpg

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida “Urganch aeroport” chegara bojxona posti orqali viloyat hududiga olib kirilayotgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytiruvchi retranslyator qurilmalari hamda turli rusumdagi radioelektron vositalar aniqlangani ta’kidlandi.

Aniqlangan mazkur qurilmalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 801-son qarori 2-ilovasida belgilangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom talablari, shuningdek Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-sonli hamda 2024-yil 13-iyundagi 787-sonli qarorlari talablariga nomuvofiqligi qayd etildi. Ushbu holatlar bo‘yicha Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan tegishli texnik ekspertiza xulosalari berildi.

Seminar yakunida mazkur normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati muhokama qilinib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang