"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyati “Toshsaqa” YPX maskanida navbatdagi radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi

Joriy yilning 24-dekabr kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 

801-son qarorining 3-ilovasi Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi nizomga hamda hamkorlikda ishlash uchun tasdiqlangan yillik ish rejaga asosan Xorazm viloyati “Toshsaqa” YPX maskanida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

 Tadbirda ichki yonuv dvigatellari qurilmalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan industrial radioxalaqit manbalarini o‘lchash hamda avtotransport vositalariga noqonuniy o‘rnatilgan va foydalanilayotgan radioelektron vositalarni aniqlash bo‘yicha ishlari amalga oshirildi.

photo2025-12-2614-53-58.jpg

photo2025-12-2614-54-07.jpg

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMMX muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang