"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyatida tezkor reyd o‘tkazildi

2023-yil 19-oktabr kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy sho‘basi va Xazorasp tumani IIB xodimlari ishtirokida noqonuniy radioelektron vositalardan foydalanishni oldini olish bo‘yicha tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi. O‘tkazilgan reyd mobaynida Xorazm viloyati Xazorasp tumanida noqonuniy o‘rnatilgan va foydalanishda bo‘lgan bir dona qo‘lbola usulda tayyorlangan radiouzatkich qurilmasi aniqlandi. Aniqlangan noqonuniy qurilma egasiga nisbatan “O‘zkomnazorat” xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xodimlari tomonidan radioelektron vositaga texnik ekspertiza xulosasi taqdim qilindi. Shunga asosan Xazorasp tumani IIB HPB inspektori mayor G‘.Matyoqubov tomonidan aniqlangan qo‘lbola radiouzatkich daliliy ashyo sifatida chora ko‘rish uchun vaqtincha olib qo‘yildi. 

Faylni tanlang