EMMM yangiliklari

Xorazm viloyatining qadimiy Xiva shahrida “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tadigan hududlarning mobil mobil aloqa va internet qamrovi holati bo‘yicha o‘lchov ishlari o‘tkazildi

Joriy yilning 8-10 avgust kunlari Xorazm viloyatining qadimiy Xiva shahrining “Ichan qal’a” va “Arda Xiva” hududlarida “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tdi. Har yili an’anaviy tarzda o‘kaziladigan “Qovun sayli” festivalini ko‘rish uchun nafaqat yurtimizning barcha viloyatlaridan, balki dunyoning barcha mamlakatlaridan xorijiy mehmonlarning tashrif buyurishi ushbu festivalning ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishida soha korxonalarining hissasi katta hisoblanadi.

“Qovun sayli” festivaliga tashrif buyuruvchi mehmonlar tomonidan mobil aloqa qurilmalaridan keng foydalanishini e’tiborga olib, Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan “Ichan qal’a” va Arda Xivadagi bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda mobil aloqa operatorlarining 2G, 3G va 4G texnologiyalaridagi mobil aloqa va internet qamrovi holati bo‘yicha o‘lchov ishlari ma’lumotlari tegishli soha korxonalariga taqdim qilinib, ular tomonidan mobil aloqa va internet qamrovi sifatini oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

photo2025-08-1117-38-18.jpg

photo2025-08-1117-38-23.jpg

 

 

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang