Soha yangiliklari

Xorijda tahsil olayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi

ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan uchrashuv xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining kompyuter texnologiyalari va matematika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan yoshlarimiz uchun tashkil etildi.  Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov ishtirok etdi.  Shuningdek, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyati ham qatnashdi. Uchrashuvda sohadagi dolzarb masalalar haqida yoshlarimizga ma’lumot berildi.  O‘z navbatida, tizimni rivojlantirish bo‘yicha yoshlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi.   Shuningdek, xorijdagi yoshlar bilan alohida guruh tashkil etib, doimiy ravishda ularni qo‘llab-quvvatlash, fikr almashinish va ularning takliflarini eshitish uchun platforma sifatida foydalanish to‘g‘risida gaplashildi.
Faylni tanlang