Soha yangiliklari

Xotin-qizlar uchun imkoniyat: 7 yilga foizsiz ta'lim krediti

O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarni salohiyatini ko‘tarish, ularning jamiyatdagi o‘z o‘rnilarini topishga yordam berish maqsadida imtiyozli kreditlar ishlab chiqilgan.  Endilikda, talaba ayol-qizlar o‘qish davri va o‘qishni tugatganidan so‘ng qo‘shimcha 6 oy davomida imtiyozli davr beriladi. Kredit bo‘yicha asosiy qarz talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Kredit rasmiylashtirish uchun sizdan quyidagi hujjatlar talab etiladi: 1) pasport (yoki ID karta); 2) to‘lov-kontrakt shartnomasi; 3) uchinchi shaxs kafilligi. Ta'lim krediti faqat talabaning nomiga rasmiylashtiriladi va ushbu kreditni quyidagi banklardan olishingiz mumkun: Mikrokredit bank; Asaka bank; Agrobank; Xalq banki; Ipoteka bank; Qishloq qurilish bank; Turon bank; Orient finans bank; Milliy bank; O‘zsanoatqurilishbank; Hamkorbank; Aloqa bank. Ta'lim kreditini rasmiylashtirgan xotin-qizlar o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida rasmiylashtirilgan kreditning asosiy qarz qismini qaytara boshlaydi.
Faylni tanlang