Soha yangiliklari

“Yagona integrator UZINFOCOM” hamkorlari va registratorlari ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi

“.UZ” milliy domenining tavallud kuni arafasida 28-aprel kuni Aloqa tarixi muzeyida “Yagona integrator UZINFOCOM” hamkorlari va registratorlari ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi. 29-aprel kuni “.UZ” milliy domeni 28 yoshga to‘ldi, shu munosabat bilan “Yagona integrator UZINFOCOM” tomonidan mehmonlar ishtirokida konferensiya tashkil etildi, unda kompaniya bosh direktori, rahbar o‘rinbosarlari, kompaniyaning birinchi direktori va 20 dan ortiq ishtirokchi-registratorlar qatnashdilar. Uchrashuvda DNSSEC xizmatlari va REDEMPTION PERIOD tizimining xususiyatlari kabi milliy domen loyihalari bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, kompaniya mamlakatimiz uchun O‘zbekistonning xalqaro loyihalardagi rolini oshiradigan zamonaviy va noyob xizmatni taqdim etdi.
Faylni tanlang