"EMMM" DUK yangiliklari

Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!

Joriy yilning 28-avgust sanasida Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” ezgu g‘oyasi ostida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish toʻgʻrisida”gi PQ-241 Qarorida keltirib o‘tilgan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun” bosh g‘oyasini ishchi-xodimlar o‘rtasida ilgari surish maqsadida tashkil etildi. 

Suhbat davomida mustaqilligimiz tarixi, uni yanada mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, xalq farovonligiga erishish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Ishchi-xodimlar o‘rtasida fikr-mulohazalar almashildi.

Qashqadaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Sh.Jalilov

Faylni tanlang