Soha yangiliklari

Yangi O‘zbekiston Universitetida “AI Rewind” sun’iy intellekt festivali bo‘lib o‘tdi

Bugun, 18-fevral kuni Yangi O‘zbekiston Universitetida “AI Rewind” mavzusida sun’iy intellekt festivali tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarda sun’iy intellektga qiziqishni kuchaytirish, hamda O‘zbekistonda sun’iy intellekt hamjamiyatini rivojlantirishdan iborat. Tadbirni Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ochib berib, mazkur festivalning yurtimizda sun’iy intellekt texnologiylarini yoshlar orasida ommalashtirishda tutgan o‘rni, hozirda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar hamda vazirlik tomonidan ishga tushirilgan loyihalar haqida so‘z yuritdi. Festival doirasida bir qator xususiy sektor vakillari ham ishtirok etib, sun’iy intellekt sohasidagi so‘nggi tendensiyalar va eng yaxshi ishlanmalar bo‘yicha o‘z bilimlari, g‘oyalari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbirda 700 ga yaqin yoshlar ishtirok etib, nafaqat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sun’iy intellekt loyihalari bilan ham tanishish, balki o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, tadbir davomida Yangi O‘zbekiston Universiteti talabalari orasida bir semester davomida tashkil etilgan dasturlash bo‘yicha musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Faylni tanlang