Aziz vatandoshlar!
Jonajon diyorimizga yangi – 2024-yil kirib kelmoqda.
Sizlarni Yangi yil bayrami bilan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu baraka tilaymiz.
Har bir oila, har bir mahalla, butun yurtimiz farovon bo‘lsin!
Go‘zal Vatanimizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!