"EMMM" DUK yangiliklari

“Yashil makon”

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilingan. Unga ko‘ra, 2025-yilda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish borasida rejalar belgilandi. 

Ushbu rejalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 28-fevral hamda 1-mart kunlari Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati  xodimlari ishtirokida Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar O‘zbekiston ko‘chasi hamda Qo‘shtepa tumani fermer xo‘jaligi hududlarida mevali va manzarali daraxt ekish ishlari tashkil etildi.

fghfghert34.jpg

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad  - “Yashil makon” tashabbusi barqarorligi va iqlimga chidamliligini ta’minlashda  ko‘chalarimizga  bir tupdan mevali va manzarali daraxt  ko‘chatlarini ekib, butun mamlakatimiz bog‘u-bo‘stonga aylanishida o‘z hissamizni qo‘shishdir.

 

dfhghbdfbdf.jpg

rfgeerg34t.jpg

 

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi A.Karimov

Faylni tanlang