Yurtimizda ehtiyojmand kishilarga yordam berish, nogiron va bemorlarning holidan xabar olish, boquvchisi yo‘q yolg‘iz onalarni qo‘llab quvvatlash, ko‘ngli yarimga madad berish xalqimizga xos bag‘rikenglik, mehr-oqibatlilikning yorqin ko‘rinishidir.
Ana shunday an’analarimiz, qadriyatlarimiz yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Albatta korxonamiz ham ezgu va savobli amallarni bajarishda faollik ko‘rsatib kelmoqda.
“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi yolg‘iz yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi va nogiron farzandlari bor fuqarolar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olish tadbirlari amalga oshirildi.
Mazkur tadbirda korxona mas’ul xodimlari va Yashnobod tumani Ma’rifat MFY mahalla raisi Abduroziqova Nasiba Alimovna bilan birgalikda 3 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uylariga tashrif buyurdilar.
-Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ma’rifat MFY Murg‘ob ko‘chasi 94-uyda yashovchi yolg‘iz yashovchi, boquvchisi yo‘q ona Alimjonova Dilfuzaga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
-Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Ma’rifat MFY, Baku ko‘chasi 214 - uy 17- xonadon nogiron, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ona Oshurova Ruxshonaga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.