"EMMM" DUK yangiliklari

TIL - MILLATNING KO‘ZGUSI VA G‘URURI

Inson ulg‘aygan sayin atrofidagilar bilan muloqot qilish, badiiy kitoblar o‘qish orqali so‘z boyligini oshirib boradi. Ota-bobolarimiz tarixi, milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz bizga ona tilimiz yordamida me‘ros bo‘lib qoldi. Xalqlar tarixi – bu ular tilining tarixi. Davlat rivojlanishi bilan davlat tili ham rivojlanadi. Xalq mustaqilligining asosiy belgisi – bu ona tili va milliy madaniyati. Dunyoning barcha davlatlari o‘z ona tillarini asrab-avaylashga intilishadi, shuning uchun har qanday davlat o‘zining madaniy merosi va ona tilini alohida hurmat qiladi.

O‘zbek tilining Vatanimizda davlat tili sifatida amal qilinishining huquqiy asoslari qonunan belgilab qo‘yilgan. 1989 yil 21 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-615-son) 1-moddasi bilan 21 oktabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi. Bu sana xalqimiz hayotida unutilmas, tarixiy voqeaga aylangan va mamlakatimizda keng nishonlanib kelinayapti.

Darhaqiqat, davlat tilining mustahkam huquqiy maqomi belgilab qo‘yilgani tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanishga yetarlicha zamin yaratib, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi barobarida o‘zbek tilining erkin muomalada bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitni yaratib berdi.

O‘z ona tilimizni asrab avaylash, uning nufuzini oshirish, eng muhimi tilimizni go‘zal va sofligicha kelajak avlodga yetkazish biz uchun ham farz ham qarzdir.

 

 

 

Jizzax viloyati EMMX

2-toifali tarmoq muhandisi X.A.Israilov

Faylni tanlang