"EMMM" DUK yangiliklari

Til –millat ko‘zgusi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan Respublikamiz bo‘ylab nishonlanayotgan “O‘zbek tili bayrami” kuni Surxondaryo viloyati EMM xizmatida ham til bayramiga bag‘ishlab “Til –millat ko‘zgusi” mavzusida xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda so‘zga chiqganlar ona tilimizning davlat timsoli ekanligi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati va uning turmush tarzi hamda tarixi ekanligini ta’kidladilar.

O‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib to hozirgi kungacha tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan ishlar haqida alohida aytib o‘tildi.

“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasi bilan 21-oktabr sanasi “O‘zbek tili bayrami” kuni etib belgilanishi o‘zligimizni yanada teran va chuqur anglashimiz uchun turtki bo‘ldi.

Millatning faxri va g‘ururi sanalgan o‘zbek tilini asrash va uning barhayotligini ta’minlash har birimizning muqaddas burchimiz bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Xususan, Surxondaryo viloyati EMMX xodimlari tomonidan o‘zbek tili me’yorlariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xulosa o‘rnida buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganlaridek:

“Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgʻon oynai hayoti - tili va  adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmoq millatning ruhini yoʻqotmoqdur”- deb aytilgan gaplari yodga olindi.

 

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati

2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.

Faylni tanlang